ECOWEB

Dastur konsepsiyasi

Yevropa standartlari asosida ekologik veb-saytlarni dasturlash

Sun’iy intellekt va SEO orqali mahalliy raqamli bozorni transformatsiya qilish

7 kun — 42 soat — Lyon, FransiyaIntensiv format — Xalqaro dastur

Dastur qarashlari

Dastur qarashlari va ahamiyati

Bugungi kunda raqamli bozor tobora yuqori talablar qo‘ymoqda. Oddiy ishlaydigan sayt yaratish endi yetarli emas — u tezkor, optimallashtirilgan, huquqiy jihatdan to‘g‘ri va zamonaviy arxitektura asosida qurilgan bo‘lishi kerak.

Yevropada, ayniqsa Fransiyada, professional veb-loyiha quyidagi talablarga javob berishi zarur: yuqori darajadagi ishlash tezligi (unumdorlik), raqamli barqarorlik va resurslardan oqilona foydalanish tamoyillariga rioya qilish, to‘g‘ri tuzilgan SEO-struktura, huquqiy talablarni bajarish (GDPR, majburiy huquqiy sahifalar) va Google Search Console kabi rasmiy vositalar orqali nazorat va indeksatsiya monitoringi.

Ushbu dastur Yevropa tajribasini mahalliy mutaxassislarga yetkazish va O‘zbekistonda veb-dasturlash sifatini xalqaro darajaga yaqinlashtirishni maqsad qiladi.

Strategik maqsadlar

Strategik maqsadlar

01

Yevropa talablari

Yevropa talablariga mos ekologik veb-saytlar yaratish.

02

Yuqori unumdorlik

Core Web Vitals ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishish.

03

Texnik SEO

Texnik va mahalliy SEO ni joriy etish.

04

Google nazorati

Saytni Google Search Console orqali to‘g‘ri ulash va monitoring qilish.

05

Huquqiy moslik

Veb-loyihalarni Yevropa huquqiy talablariga moslashtirish (GDPR).

06

Sun’iy intellekt

Sun’iy intellektdan professional vosita sifatida foydalanish.

Ta’lim yondashuvi

Intensiv shakl: 7 kun

Ta’lim intensiv shaklda o‘tkaziladi — 7 kun, 42 akademik soat. Dastur real loyiha asosida qurilgan: har bir ishtirokchi mahalliy biznes uchun to‘liq veb-sayt ishlab chiqadi va arxitekturadan tortib joylashtirishgacha bo‘lgan jarayonni bosqichma-bosqich o‘zlashtiradi.

Real loyiha

Har bir ishtirokchi biznes uchun to‘liq veb-sayt ishlab chiqadi.

Intensiv format

Amaliy o'rganish va asosiy ko'nikmalarni rivojlantirish uchun 42 soatlik ta'lim.

Tahlil va baholash

Sun’iy intellekt natijalarini tahlil qilish va tanqidiy baholash.

Yevropa standarti

Yevropa tajribasi, ma'lumotlarni himoya qilish tamoyillari va sifat standartlari.

Dastur jadvali

7 kunlik intensiv ta'lim

01

Ekologik veb-saytlar standartlari

  • Raqamli barqarorlik va ekologik yondashuv asoslari
  • Core Web Vitals ko'rsatkichlari tahlili
  • GDPR va majburiy huquqiy talablar
02

Arxitektura va Next.js

  • Next.js asosida loyiha (SSR / SSG) yaratish
  • Ishlash tezligini baholash
  • JavaScript kodi va resurslarni optimallashtirish
03

Texnik va mahalliy SEO

  • Dinamik metama’lumotlarni sozlash poydevori
  • Sitemap.xml va robots.txt fayllarini yaratish
  • Structured Data (LocalBusiness) ma'lumotlarini joriy etish
04

Google indeksatsiya va ko'rinish

  • Saytni Google Search Console ga ulash
  • Sayt indeksatsiyasining chuqur tahlili
  • Texnik xatolarni tuzatish va monitoring
05

Huquqiy moslik va ma'lumotlar xavfsizligi

  • Majburiy huquqiy sahifalarni tayyorlash
  • Maxfiylik siyosati matnlari va konfiguratsiya
  • Cookie boshqaruvi va foydalanuvchi ma'lumotlari himoyasi (GDPR)
06

Sun’iy intellekt professional vosita sifatida

  • Kodni va komponentlarni strukturali generatsiya qilish
  • Mavjud kodni Sun'iy intellekt yordamida optimallashtirish va refaktor qilish
  • Sun'iy intellekt taqdim etgan natijalarni tahlil qilish va baholash
07

Loyihani yakunlash va nashr qilish

  • Real loyihani serverga joylashtirish va sozlash
  • Lighthouse orqali unumdorlik auditi natijalarini yaxshilash
  • Yakuniy loyiha taqdimoti

O'quv rejasi

Asosiy o'quv modullari

Arxitektura va ishlash tezligi

Next.js asosida tezkor, ilg'or loyiha tuzilmasi.

  • Next.js asosida loyiha tuzish (SSR / SSG)
  • Rasm va JavaScript optimallashtirish
  • Lighthouse orqali unumdorlik auditi (maqsad — 90+ ko‘rsatkich)

SEO va ko‘rinish

Google indeksatsiyasini kuchaytirish hamda biznes vidimostini oshirish.

  • Dinamik metama’lumotlarni sozlash
  • Sitemap.xml va robots.txt yaratish
  • Structured Data (LocalBusiness) joriy etish
  • Saytni Google Search Console ga ulash
  • Indeksatsiya tahlili va texnik xatolarni tuzatish

Huquqiy moslik

Loyihani Yevropa qonunchiligi bilan to'g'ri integratsiya qilish.

  • Huquqiy ma’lumotlar sahifasi (Mentions légales)
  • Xavfsiz va aniq Maxfiylik siyosati
  • Cookie boshqaruvi mexanizmi
  • Yevropa ma’lumotlarni himoya qilish tamoyillari (GDPR)

Sun’iy intellekt

Generativ sun'iy intellekt ishlatib samaradorlikni zamonaviy yondashuvini qo'llash.

  • Komponentlarni strukturali generatsiya qilish
  • Kodni optimallashtirish va refaktor qilish
  • Sun’iy intellekt natijalarini tahlil qilish va baholash
  • Sun'iy intellektni samaradorlikni oshirish vositasi sifatida qo'llash

Ta'sir va istiqbol

O‘zbekiston uchun kutilayotgan ta’sir

Dastur raqamli sektor raqobatbardoshligini kuchaytirishga, IT xizmatlar eksportiga tayyorgarlikni oshirishga va xalqaro me’yorlarga bosqichma-bosqich moslashishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Saytlar sifatini oshirish

Mahalliy veb-saytlarning texnik va huquqiy sifatini oshirish.

Raqobatbardoshlik madaniyati

Unumdorlik va standartlarga rioya qilish madaniyatini shakllantirish.

Ishonch va ko'rinish

Onlayn biznes ishonchliligini mustahkamlash va mahalliy kompaniyalar ko‘rinishini oshirish.

Xalqaro mutaxassislik

Xalqaro standartlarda ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlash.

Amaliy natijalar

Dastur yakunida ishtirokchi quyidagilarga erishadi:

  • 01Yevropa standartlariga to‘la javob beradigan, to‘liq ishga tushirilgan veb-sayt
  • 02Barcha metrikalar bo‘yicha Lighthouse unumdorlik ko‘rsatkichi ≥ 95
  • 03Google indeksatsiyasini o'z ichiga olgan mukammal texnik SEO
  • 04Huquqiy moslik — GDPR standartlariga asoslangan maxfiylik siyosati va cookie ruxsatnomalari
  • 05Kengaytirilgan natijalar (rich results) imkoniyati bilan strukturalangan ma’lumotlarni joriy etish
  • 06Sun’iy intellekt bilan boyitilgan dasturlash jarayonlarini integratsiya qilish
  • 07Loyihaning professional taqdimoti va himoyasi

Xulosa va keyingi qadamlar

Xalqaro standartlarni tizimli integratsiya qilish

Mazkur dastur Yevropa standartlarini O‘zbekiston raqamli rivojlanishiga tizimli ravishda integratsiya qilishga, o'sish potentsiali va eksport muhitini yaxshilashga qaratilgan.